Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) — bu iqtisodiyot va menejment sohasiga kiruvchi ilmiy-amaliy yo‘nalish bo‘lib, u korxona va tashkilotlarni samarali boshqarish, rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish jarayonlarini chuqur o‘rganishga qaratilgan. Ushbu yo‘nalishda menejment nazariyasi, strategik va operativ menejment, marketing, inson resurslarini boshqarish, moliyaviy menejment, tarmoqlar va sohalarga xos boshqaruv amaliyotlari o‘rganiladi.
Mazkur bakalavr dasturi talabalarga korxona va tashkilot faoliyatini tahlil qilish, menejment jarayonlarini tashkil etish, qarorlar qabul qilish, strategik rejalashtirish va amaliy boshqaruv masalalarini hal etish bo‘yicha mustahkam bilim va ko‘nikmalar beradi.
Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olgan mutaxassislar quyidagi kasblarda faoliyat yuritishi mumkin:
- Menejer — korxona va tashkilotlarni boshqarish
- Loyiha menejeri (Project Manager) — loyihalarni rejalashtirish va amalga oshirish
- Marketing menejeri — marketing strategiyalari va tadbirlarini boshqarish
- Inson resurslari bo‘yicha mutaxassis — xodimlarni boshqarish va rivojlantirish
- Moliyaviy menejer — korxona va tashkilotlar moliyaviy jarayonlarini boshqarish
- Sanoat, xizmat yoki savdo tarmoqlari menejeri — tarmoqlarga xos boshqaruv operatsiyalarini amalga oshirish
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Imtihon fanlari: Matematika, Ingliz tili
Ta’lim tili: O‘zbek tili
Ta’lim shakli: Kunduzgi
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 17 000 000 so'm / yillik
