Mentalaba - <!-- -->Moliya va moliyaviy texnologiyalar | Mentalaba

Moliya va moliyaviy texnologiyalar

Qo‘qon universiteti Andijon filiali

Bakalavr

Qabul mudati: 1 May - 31 Avgust 2026

Andijon viloyati

Yo'nalish haqida

Moliya va moliyaviy texnologiyalar — bu iqtisodiyot va moliya sohasiga kiruvchi ilmiy-amaliy yo‘nalish bo‘lib, u moliyaviy tizimlar, bank va moliyaviy operatsiyalar, investitsiyalar, elektron moliya va fintech texnologiyalarini chuqur o‘rganishga qaratilgan. Ushbu yo‘nalishda moliya nazariyasi, moliyaviy menejment, bank va kredit tizimi, investitsiyalar, moliyaviy tahlil, elektron moliya vositalari, blockchain va boshqa zamonaviy moliyaviy texnologiyalar o‘rganiladi.

Mazkur bakalavr dasturi talabalarga moliyaviy jarayonlarni tahlil qilish, investitsiya va moliyaviy qarorlar qabul qilish, elektron moliya vositalaridan foydalanish, fintech yechimlarni tatbiq etish hamda amaliy moliyaviy masalalarni hal etish bo‘yicha mustahkam bilim va ko‘nikmalar beradi.


Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olgan mutaxassislar quyidagi kasblarda faoliyat yuritishi mumkin:

  • Moliyaviy mutaxassis — korxona va moliya institutlarida moliyaviy jarayonlarni boshqarish
  • Investitsiya bo‘yicha mutaxassis — investitsiya loyihalarini tahlil qilish va boshqarish
  • Bank mutaxassisi — bank va moliyaviy xizmatlar sohasida faoliyat yuritish
  • Fintech mutaxassisi — zamonaviy moliyaviy texnologiyalar va elektron moliyaviy vositalar bilan ishlash
  • Moliyaviy tahlilchi — moliyaviy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish va prognozlash
  • Risk-menejer — moliyaviy risklarni baholash va boshqarish

Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!


Imtihon fanlari: Matematika, Ingliz tili


Ta’lim tili: O‘zbek tili


Ta’lim shakli: Kunduzgi, Masofaviy


Ta'lim muddati: 4 yil

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O‘zbek
Kunduzgi - O'zbek tili
18 411 000 so'm / yillik
Masofaviy - O'zbek tili
14 728 800 so'm / yillik
;