MSc in Public Health Science
Westminster International University in Tashkent
Magistr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Magistratura: Jamoat salomatligi fanlari (MSc in Public Health Science) — bu sog‘liqni saqlash sohasiga kiruvchi akademik yo‘nalish bo‘lib, aholining sog‘lig‘ini tushunish, kasalliklarni oldini olish va jamoat salomatligini boshqarish bilan shug‘ullanadi. Dasturda epidemiologiya, biostatistika, sog‘liqni saqlash siyosati, atrof-muhit sog‘lig‘i, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kasalliklarning oldini olish va global sog‘liq muammolari kabi fanlar qamrab olinadi. Ushbu dastur talabalarni sog‘liq ma’lumotlarini tahlil qilish, jamoat salomatligi dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, siyosat yaratish va jamoaning sog‘liq ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha zarur bilim va amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlaydi.
“Jamoat salomatligi fanlari (MSc in Public Health Science)” yo‘nalishi magistrlari quyidagi kasblarda faoliyat yuritishlari mumkin:
- Jamoat salomatligi bo‘yicha mutaxassis — jamoat salomatligi dasturlari va tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish
- Epidemiolog — aholida kasalliklarning sabablari, tarqalishi va oqibatlarini o‘rganish
- Sog‘liqni saqlash siyosati bo‘yicha tahlilchi — sog‘liqni saqlash siyosatini ishlab chiqish, baholash va maslahat berish
- Atrof-muhit sog‘lig‘i inspektori — aholining sog‘lig‘iga ta’sir qiluvchi atrof-muhit omillarini boshqarish
- Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha koordinatsor — sog‘lom hayot tarzini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kampaniyalar va dasturlarni ishlab chiqish
- Jamoat salomatligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotchi — kasalliklarning oldini olish, sog‘liq xulq-atvori va aholining sog‘liq ko‘rsatkichlarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish
- Global sog‘liq bo‘yicha mutaxassis — xalqaro miqyosda sog‘liq muammolarini hal qilish va dasturlarni amalga oshirish
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Ta’lim muddati: 2 yil.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- Ingliz
- Kunduzgi - Ingliz tili
- 54 439 200 so'm / yillik
