Muzeyshunoslik: muzey predmetlari ekspertizasi, konservatsiyalash va ta‘mirlash

Milliy rassomlik va dizayn instituti

Bakalavr

Qabul mudati: 25 Iyun 2024

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

 Muzeyshunoslik, muzeologiya — muzeylar tarixi, ularning ijtimoiy vazifalari, muzey ishi nazariyasi va metodikasi masalalarini oʻrganadigan fan tarmogʻi. M. tizimiga muzey ishi nazariyasi, muzey ishi tarixi (muzey tarixshunosligi bilan), muzey manbashunosli-g i, muzeylar va muzey tadqiqotlari faoliyatiga doyr barcha oʻziga xos tomonlarni oʻrganuvchi ilmiy metodika kiradi. M. muzey buyumlarini jamlash, muzeyga keluvchilarni oʻrganish jarayonida dala tadqiqotlari usullari va bevosita muntazam kuzatuv ishlari, ijtimoiy usullarni qoʻllaydi. M.ning boshqa fanlar bilan har tomonlama uzviy bogʻliqligi uning obyektiv jihatdan murakkabligini belgilaydi. M. ham ijtimoiy, ham tabiiy fanlar bilan birdek bogʻliq, ayniqsa, muzeyning mavzuiga oid fanlar va yordamchi fan sohalari (tarix, arxeologiya, geologiya, etnografiya, adabiyotshunoslik, zoologiya, sanʼatshunoslik va boshqalar) bilan umumiy tomonlari koʻp. 


Kunduzgi ta’lim shakli 13 985 830 so’m

Kunduzgi ta’lim davomiyligi – 4 yil .

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O'zbek tili
Kunduzgi
13 985 830 so'm / yillik
;