Mentalaba - <!-- -->Nanomateriallarning kimyoviy texnologiyasi | Mentalaba

Nanomateriallarning kimyoviy texnologiyasi

Toshkent shahrida “D.I. Mendeleyev nomidagi rossiya kimyo-texnologiya universiteti” federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasi filiali

Magistr

Qabul mudati: 20 Iyun - 15 Avgust 2026

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Magistratura: Nanomateriallarning kimyoviy texnologiyasi — bu nanomateriallarning tarkibi, tuzilishi, xossalari va ularni olish hamda qo‘llashning zamonaviy texnologiyalarini o‘rganuvchi ilmiy-texnik yo‘nalish hisoblanadi. Ushbu soha nanomateriallarning kimyoviy sintezi, ularning fizik-kimyoviy xossalarini tadqiq etish, sanoat va ilmiy sohalarda qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganadi. Shuningdek, nanomateriallarni elektronika, tibbiyot, energetika, ekologiya va boshqa yuqori texnologiyali sohalarda qo‘llash usullarini rivojlantirishga qaratilgan.


Magistratura bitiruvchilari quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:

  • Nanomateriallar bo‘yicha mutaxassis – nanomateriallarni sintez qilish va ularning xossalarini tadqiq etish.
  • Kimyoviy texnolog – nanomateriallarni ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish.
  • Ilmiy xodim – ilmiy-tadqiqot institutlarida nanomateriallar sohasida ilmiy izlanishlar olib borish.
  • Laboratoriya mutaxassisi – nanomateriallarni tahlil qilish va sifatini nazorat qilish.
  • Innovatsion texnologiyalar bo‘yicha mutaxassis – yuqori texnologiyali ishlab chiqarish korxonalarida faoliyat yuritish.

Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!


Ta’lim tili: Rus tili


Ta’lim muddati: 2 yil

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
Rus
Kunduzgi - Rus tili
25 000 000 so'm / yillik
;