Neft va gazni qayta ishlash va kimyoviy texnologiyasi
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Magistr
Qabul mudati: 5 Iyun - 25 Iyun 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Neftni qayta ishlash - Neftdan neft mahsulotlari (benzin, kerosin, dizel yonilgʻisi, mazut, moy, bitum, gudron, parafin va boshqalar) olishda qoʻllanadigan texnologik usullar majmui. Neftni qayta ishlashdan avval neft tarkibidagi suv, tuz va mexanik aralashmalar tozalanadi, keyin uni stabillashtirish, yuqori haroratda bugʻlatib haydash, distillyatlarni tozalash, qoʻshimchalar qoʻshish va boshqalar bajariladi.
Kimyoviy texnologiya - tabiiy xom-ashyo, sanoat chiqindilari, shuningdek, sintetik yarim mahsulotlarni kimyoviy yoʻl bilan qayta ishlab, isteʼmol mahsulotlari va ishlab chiqarish vositalariga aylantirishning iqtisodiy va ekologik jihatdan qulay usullari va jarayonlari haqidagi fandir. Kimyoviy texnologiya usullari va jarayonlarining fizik-kimyoviy sharoitlarini tekshirish, texnologik jarayonlarning sxemalarini ishlab chiqish, asbob va uskunalarning tuzilishi va ularni tayyorlash uchun zarur materiallarni aniqlash Kimyoviy texnologiyaning vazifasidir.
Kunduzgi ta’lim shakli 7 771 270 so’m
Kunduzgi ta’lim davomiyligi – 2 yil .
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 8 968 000 so'm / yillik
