Yo'nalish haqida
Hamshiralik ishi – sog‘liqni saqlash tizimining muhim sohasidir bo‘lib, bemor va shifokorlarga yordam berish hamda kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish bilan shug‘ullanadi.
Hamshiralar har bir tibbiyot muassasasida muhim o‘rin tutuvchi xodimlardan hisoblanishadi. Bemorlarga xizmat ko‘rsatishning tashkil etilishi va shifokorlar ishining samaradorligi aynan ularga bog‘liq. Hamshiralarga ishonib topshirish mumkin bo‘lgan topshiriqlar ro‘yxatini cheksiz deyish mumkin. Shu sababli ham zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimida hamshiralar aniq bir vazifani bajaruvchi, hamshira uchun belgilangan maqsad, vazifa va majburiyatlar tasnifi ro‘yxati bilan toifalanadi.
Agar siz ta’limning ushbu yo‘nalishiga qiziqsangiz, EMU Universityning “Oliy hamshiralik ishi” fakultetini tanlashingiz mumkin. Tahsil davomida siz hamshiralik ishining kelgusi ish faoliyatingizda kerak bo‘ladigan anatomiya va fiziologiya, tibbiy terminologiya, farmakologiya asoslari, kasbiy etika kabi turli o‘ziga xos jihatlarini o‘rganasiz.
Bu yo‘nalishdagi ta’lim kunduzgi shaklda 4 yil davom etadi.
Tahsil olish davomida siz davlatga qarashli va xususiy kasalxonalar hamda klinikalarda amaliyot o‘tasiz, u yerda amaliy tajriba orttirishingiz, asosiy ko‘nikmalarni egallashingiz mumkin bo‘ladi.
Barcha dars mashg‘ulotlari dunyodagi zamonaviy eng yangi bilimlarga asoslanib, innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda olib boriladi.
Universitetni tugatgach, siz kasalxonalar, klinikalar, qariyalar uyi va boshqa davolash-profilaktika muassasalarida ishlashingiz mumkin.
Shuni ta’kidlash lozimki, hamshiralardan ulkan mas’uliyat, hamdardlik, bemorlarga mehr-shafqatli bo‘lish va yuksak mahorat talab etiladi. Agar sizda ushbu xislatlar va insonlarga yordam berish istagi mavjud bo‘lsa, “Oliy hamshiralik ishi” siz uchun aynan mos yo‘nalish bo‘lishi mumkin.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek, Rus
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 19 000 000 so'm / yillik
- Kunduzgi - Rus tili
- 19 000 000 so'm / yillik
