Ona tili va adabiyot: rus tili va adabiyot
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Bakalavr
Qabul mudati: 25 Iyun 2024
Toshkent viloyati
Yo'nalish haqida
Rus tili — rus xalqi tili, jahonda keng tarqalgan tillardan. Avval SSSRda, soʻng Rossiya Federatsiyasi va MDHda millatlararo va davlatlararo aloqa vositasi. Rus tili Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi 6 rasmiy tildan biri sanaladi. Ukrain va belorus tillari bilan birgalikda hindevropa tillari oilasiga kiruvchi slavyan tillarining sharqiy guruhini tashkil etadi. Oʻtgan asrning 80-yillaridagi maʼlumotlarga koʻra, rus tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 250 million kishidan, jumladan, hozirgi Rossiya Federatsiyasi va MDH mamlakatlarida 185 million kishidan iborat. Bundan tashqari, mazkur hududlardagi 60 milliondan ortiq kishi Rus tilida erkin soʻzlasha oladi.
Rus adabiyoti – Rossiya va uning muhojirlari adabiyoti va rus tilidagi adabiyotga tegishli. Rus adabiyotining ildizlari qadimgi Sharqiy slavyan tilidagi doston va xronikalar yaratilgan oʻrta asrlarga toʻgʻri keladi. XIX asrga kelib adabiyotning ahamiyati oshib bordi. 1830-yillarning boshidan boshlab rus adabiyoti sheʼriyat, nasr va dramaturgiyada oltin asrni boshdan kechirdi. Romantizm sheʼriyatning gullab-yashnashiga imkon berdi.
Kunduzgi ta’lim shakli 12 627 170 so’m
Kundugi ta’lim davomiyligi – 4 yil .
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- Rus tili
- Kunduzgi
- 12 627 170 so'm / yillik