O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha)

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

Bakalavr

Qabul mudati: 25 Iyun 2024

Andijon viloyati

Yo'nalish haqida

Oʻsimliklarni himoya qilish, oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish —   qishloq xoʻjaligi fanlarining bir sohasi; oʻsimliklarga zararkunanda, kasalliklar, begona oʻtlar yetkazadigan zararni oʻrganadi va uning oldini olish hamda bartaraf qilish tadbirlarini ishlab chiqadi;   qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligida zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari hamda begona oʻtlarni yoʻq qilish uchun ishlab chiqiladigan tadbirlar tizimi. Uning vazifasi faqatgina zararkunanda organizmlarni yoʻq qilish yoki ular faoliyatini chegaralab qoʻyishdangina emas, balki ularning paydo boʻlish muddatlari va tarqalish koʻlamini oldindan aniqlash, shuningdek, eng xavfli zararkunandalarning bir hududdan boshqasiga tarqalishining oldini olishdan ham iborat  . Oʻsimliklarni himoya qilishq. qishloq xoʻjaligi entomologiyasi, fitopatologiya, botanika, mikologiya, bakteriologiya, virusologiya, ekologiya, biotsenologiya, kimyo, biokimyo, hayvonlar va oʻsimliklar fiziologiyasi, fizika, biofizika, genetika, seleksiya, toksikologiya va boshqalar fanlar maʼlumotlariga asoslanadi.


Kunduzgi ta’lim shakli  12 627 170 so’m

Kunduzgi ta’lim davomiyligi – 4 yil .


Sirtqi ta’lim shakli 12 627 170 so’m

Sirtqi ta’lim davomiyligi – 5 yil .

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O'zbek tili
Kunduzgi
12 627 170 so'm / yillik
Sirtqi
12 627 170 so'm / yillik
;