O‘simlikshunoslik (yaylov cho‘l o‘simlikshunosligi)
Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali
Bakalavr
Qabul mudati: 25 Iyun 2024
Samarqand viloyati
Yo'nalish haqida
Oʻsimlikshunoslik — madaniy oʻsimliklarni yetishtirish usullari haqidagi fan. Tuproqshunoslik, umumiy dehqonchilik, qishloq xoʻjaligi meteorologiyasi, oʻsimliklar fiziologiyasi, biokimyosi, genetikasi, seleksiyasi, qishloq xoʻjaligi mikrobiologiyasi, agrofizika, agrokimyo, urugʻchilik, oʻsimliklarni himoya qilish bilan chambarchas bogʻlangan. Oʻsimlikshunoslikning asosiy tadqiqot obʼyekti — qishloq xoʻjaligida ekiladigan ekinlar (turi, xili, navi, duragayi), ularning biologiyasi; tashqi muhit — agroekologik sharoitlarga talabchanligi va boshqalar Zamonaviy Oʻsimlikshunoslik shugʻullanadigan asosiy masalalar: ekiladigan oʻsimliklar tasnifi (donli ekinlar, ildizmevali va tuganak mevalilar, moyli ekinlar, tolali ekinlar, yemxashak oʻtlari va ekinlari, narkotikalkaloidli ekinlar); ularning biologik va ekologik xususiyatlarini oʻrganish, navlar (duragaylar)ni rayonlashtirishning ilmiy asoslari, qimmatli xoʻjalik belgilariga ega boʻlgan oʻsimliklar introduksiyasi, qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda intensiv texnologiya (agrotexnika)ni oʻrganish va ishlab chiqish; ekinning tuproqqa va atrof muhitga galabi; oʻgʻitlar va sugʻorishga munosabati; potensial hosildorligi yuqori boʻlgan tezpishar, kasalliklar hamda zararkunandalarga chidamli navlarni yaratish; yangi navlar agrotexnikasi va boshqalar .
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O'zbek tili
- Kunduzgi
- 12 627 170 so'm / yillik
- Sirtqi
- 12 627 170 so'm / yillik