Otorinolaringologiya (Magistratura) | Mentalaba

Otorinolaringologiya (Magistratura)

EMU universiteti

Magistr

Qabul mudati: 1 May - 30 Sentabr 2026

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

EMU Universityda Otorinolaringologiya bo‘yicha magistratura — quloq, tomoq va burun kasalliklarini tashxislash, davolash hamda oldini olish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan ta’lim dasturidir.


Ushbu yo‘nalishda talabalar otorinolaringolog sifatida faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan professional tayyorgarlikdan o‘tadilar. Jumladan, bemorlar bilan muloqot qilish ko‘nikmalari, jarrohlik texnikalari, reabilitatsiya usullari va tibbiy resurslarni boshqarish bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ladilar. Dastur yakunida bitiruvchilar Otorinolaringologiya bo‘yicha magistr darajasini qo‘lga kiritib, klinikalar, shifoxonalar, universitetlar va ilmiy markazlarda quloq, tomoq va burun kasalliklari bo‘yicha malakali mutaxassis sifatida faoliyat yuritishga tayyor bo‘ladilar.


Talabalar shifoxona va klinikalarning otorinolaringologiya bo‘limlarida amaliyot o‘tash orqali quloq, tomoq va burunning turli kasalliklarini tashxislash, davolash hamda minimal invaziv muolajalarni o‘rganadilar. Shuningdek, ular otorinolaringologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etib, o‘z ilmiy loyihalarini olib boradilar va tadqiqot natijalarini ilmiy jurnallarda chop etadilar.


Otorinolaringologiya bo‘yicha magistratura dasturining davomiyligi — 3 yil.

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O‘zbek, Rus
Kunduzgi - O'zbek tili
25 890 000 so'm / yillik
Kunduzgi - Rus tili
25 890 000 so'm / yillik