Yo'nalish haqida
Pediatriya – bu bolalar kasalliklarini aniqlash, davolash va ularning oldini olish usullarini o‘rganadigan, shuningdek, kasal bolalarni parvarish qilish bilan shug‘ullanadigan tibbiyot mutaxassisligidir.
Oliy ta’lim dasturi asosida o‘qitiladigan “Pediatriya” shunisi bilan farqlanadiki, talabalar tibbiyotning umumiy masalalari, inson organizmida sodir bo‘ladigan anatomik va fiziologik jarayonlarga bog‘liq holda diagnostika va davolash usullari borasida bilimga ega bo‘lish bilan bir qatorda, fiziologik va patologik jarayonlarning borishi, kasallikning namoyon bo‘lishi, bolalarning yosh, jins xususiyatlariga qarab davolash taktikasi bilan ham tanishadilar. Sog‘lom bola profilaktikasi va tarbiyasiga alohida e’tibor qaratiladi.
Ta’lim turi – kunduzgi,
Ta’lim davomiyligi – 6 yil.
Pediatriya mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim dasturini o‘zlashtirgan va davlat yakuniy attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchiga “Umumiy amaliyot pediatri” malakasi beriladi.
EMU University “Pediatriya” fakulteti talabalariga tahsil olishlari uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratiladi.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek, Rus
- Kunduzgi
- 36 750 000 so'm / yillik