Mentalaba - <!-- -->Psixologiya | Mentalaba

Psixologiya

EMU universiteti

Bakalavr

Qabul mudati: 1 Aprel - 30 Sentabr 2025

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Psixologiya – bu ruhiy jarayonlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va faoliyati qonuniyatlarini, holatlarini, muayyan faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxsning xususiyatlarini, hayot faoliyatining alohida shakli sifatida ruhiyatning rivojlanishi va faoliyati qonuniyatlarini o‘rganadigan ta’lim sohasidir. Psixologiya predmetining mazmuni – ruhiyat, uning mexanizmlari va qonuniyatlari voqelikni aks ettirishning o‘ziga xos shakli sifatida, ongli faoliyatning subyekti sifatida shaxsning psixologik xususiyatlarini shakllantirishdan iboratdir.

O‘qish davomida talabalar psixologik bilimlarni ta’lim, sog‘liqni saqlash, biznes va sport kabi turli sohalarda qo‘llashni ham o‘rganishlari mumkin. Dastur odatda ham nazariy mashg‘ulotlarni, ham stajirovka yoki amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi.

Bakalavriat dasturini tugatgandan so‘ng, talabalar psixologiya bo‘yicha magistratura dasturini davom ettirishlariyoki psixologiya, ijtimoiy ish, ta’lim yoki boshqa tegishli sohalarda ish boshlashlari mumkin.

Dastur yakunida, talabalar Psixologiya sohasida davlat namunasidagi bakalavr diplomiga ega bo‘ladilar.

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O‘zbek, Rus
Kunduzgi
15 000 000 so'm / yillik
;