Qadimiy yozma manbalar konservatsiyasi va restavratsiyasi
Milliy rassomlik va dizayn instituti
Bakalavr
Qabul mudati: 25 Iyun 2024
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Manba tarixiy tadqiqotlarning asosiy poydevori hisoblanadi. Ularni keng koʻlamda sinchiklab oʻrganmasdan turib kishilik jamiyatining tadrijiy taraqqiyoti tarixini tahlil qilib boʻlmaydi. Manbaning xili nihoyatda koʻp, ammo maʼlum darajada aniq va toʻla maʼlumotlarga ega Manba majmuasi cheklangan.
Konservatsiya — tarixiy va madaniy yodgorliklar (meʼmoriy inshootlar, arxeologik topilmalar, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari, kitob, qoʻlyozma va boshqalar)ni dastlabki yoki Konservetsiyaga tushgan vaqtdagi qiyofasi, chidamliligini uzoq muddatga saqlashni taʼminlovchi chora-tadbirlar yigʻindisi. Restavratsiya bilan uzviy bogʻliq.
Restavratsiya (lotincha: restauratio— tiklash) — buzilgan, shikastlangan yoki vayron boʻlgan tarixiy va madaniy yodgorliklar (alohida meʼmoriy inshootlar va ularning majmualari, tasviriy va amaliy bezak sanʼati asarlari, arxeologik topilmalar va boshqalar)ni asliga oʻxshatib yoki asliga yaqinlashtirib qayta tiklash va mustahkamlash
Kunduzgi ta’lim shakli 12 627 170 so’m
Kunduzgi ta’lim davomiyligi – 4 yil .
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O'zbek tili
- Kunduzgi
- 12 627 170 so'm / yillik