Qishloq va suv xo‘jaligida texnik servis
Bakalavr
Qabul mudati: 25 Iyun 2024
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Qishloq xoʻjaligi - aholi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvchi asosiy manbadir. Ayni vaqtda u keng istemol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoatning bir qancha tarmoqlari uchun xom-ashyo yetkazib beradi. Masalan, qishloq xoʻjaligi xom-ashyosining ulushi (qiymat jixatidan) ip-gazlama sanoatida barcha moddiy xarajatlarning 60 foizini, qandolat sanoatida salkam 70 foizni, yogʻ va sut sanoatida qariyb 80 foizni tashkil qiladi. Bularning hammasi shuni koʻrsatadiki, qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishni koʻngildagiday surʼatlar bilan rivojlanmasa, xalq turmush darajasini oshirishning hech qanday eng yaxshi programmasini ham roʻyobga chiqarib boʻlmaydi.
Suv xoʻjaligi - xalq xoʻjaligi tarmogʻi; suv resurelarini oʻrganish, hisobga olish, undan kompleks foydalanishni rejalashtirish, sugʻorish sistemalarini ekspluatatsiya qilish, yer osti va yer usti suvlarini ifloslanishdan, tugab qolishdan saqlash, shuningdek, uni isteʼmolchilarga yetkazib berish bilan shugʻullanadi.
Imtihon bloklari : matematika , fizika .
Kunduzgi ta’lim shakli 12 627 170 so’m
Kunduzgi ta’lim davomiyligi – 4 yil .
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O'zbek tili
- Kunduzgi
- 12 627 170 so'm / yillik