Qurilish
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Qurilish yoʻnalishi talabalari oʻqish davomida qurilish obyektlari va tizimlarini loyihalash, yaratish, ulardan foydalanish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, arxitektura va qurilish sohasi boʻyicha kerakli barcha bilimlarni oladilar. Boʻlajak quruvchilar muhandislik grafikasi, mexanika, qurilish muhandisligi, arxitektura va qurilish konstruksiyalari asoslari hamda qurilish materiallari kabi fanlarni chuqur oʻrganadilar. Qurilishda hayot xavfsizligini tashkil etish va boshqarish asoslarini ham oʻzlashtiradilar. Amaliyotni qurilish kompaniyalari, loyihalash tashkilotlari va arxitektura byurolarida o‘tash imkoniyatiga ega boʻladilar.
Imtihon bloki: Matematika, Fizika
Ta'lim tili: o'zbek, rus tili
Ta'lim shakli: Kunduzgi, Kechki
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek, Rus
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 21 900 000 so'm / yillik
- Kunduzgi - Rus tili
- 21 900 000 so'm / yillik
- Kechki - O'zbek tili
- 19 900 000 so'm / yillik
- Kechki - Rus tili
- 19 900 000 so'm / yillik
