Raqamli iqtisodiyot (Magistratura)
University of Management and Future Technologies
Magistr
Qabul mudati: 10 Aprel - 30 Sentabr 2025
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Raqamli iqtisodiyot — Iqtisodiyot tarmoqlaridagi biznes jarayonlarni avtomatlashgan boshqarish, elektron biznes va elektron tijorat texnologiyalarni rivojlantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan magistr mutaxassisiga aylaning.
Raqamli iqtisodiyot mutaxassisligi 2 yillik kunduzgi taʼlim dasturi bo‘lib, unda iqtisodiyot tarmoqlaridagi biznes jarayonlarni modellashtirish, avtomatlashtirish va boshqarish, elektron biznes va elektron tijorat texnologiyalarni rivojlantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan magistr mutaxassislar tayyorlanadi.
Taʼlim dasturi raqamli mahsulotlar, raqamli jarayonlar va xizmatlar, biznes modellari va monetizatsiyani nazarda tutadigan raqamli iqtisodiyotning keng imkoniyatlari haqida yangi bilim va malakalarni egallash imkonini beradi.
Mutaxassis egallaydigan ko‘nikmalar:
Elektron biznes asoslarini tashkil etish, elektron tijorat va marketing texnologiyalarini joriy etish va boshqarish, moliyaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarni egallash;
Biznes jarayonlarni modellashtirish, axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini loyihalash va ishlab chiqish hamda sunʼiy intellekt tizimlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tushunchalarni olish;
Mustaqil ravishda muammolarni o‘rganish, tadqiqotlar olib borish, loyihalarni rejalashtirish, amalga oshirish va boshqarishni amaliy bajarish.
Raqamli iqtisodiyotni o‘rganishning 5 sababi:
Rivojlanib borayotgan raqamli bozor talablarini bilish
Raqamli transformatsiyani jarayonini chuqur tushunish
Anʼanaviy va elektron savdolar tuzilmalarini o‘rganish
Kriptoiqtisodiyot bo‘yicha global tadqiqot lideri bo‘lish
Raqamli kompaniyalar va raqamli biznes modellarini amalga oshiruvchi anʼanaviy kompaniyalarda boshqaruv funksiyalarini bajarish.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek, Rus
- Kunduzgi
- 21 000 000 so'm / yillik