Sanoat muhandisligi | Mentalaba

Sanoat muhandisligi

Toshkentdagi Amerika Texnologiya Universiteti

Bakalavr

Qabul mudati: 1 Mart - 31 Avgust 2026

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Arizona State University o‘quv dasturi asosida ishlab chiqilgan ushbu dastur talabalarni muhandislik va biznes tamoyillarini uyg‘unlashtirish orqali murakkab tizimlarni optimallashtirishga tayyorlaydi.


Dasturda operatsiyalarni tadqiq etish, tizimli muhandislik, ma’lumotlar analitikasi, ta’minot zanjirlarini boshqarish va sifat nazorati kabi asosiy yo‘nalishlarga e’tibor qaratiladi.


Loyihalar, stajirovkalar va keys-stadilar orqali talabalar muhandislik asoslari, boshqaruv fanlari va miqdoriy modellashtirish bo‘yicha olgan bilimlarini real sharoitlarda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladi.


Ushbu dastur talabalari global miqyosda talab yuqori bo‘lgan universal ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Bu esa ularga turli yo‘nalishlarda keng karyera imkoniyatlarini ochib beradi, jumladan:

  • Ishlab chiqarishni tashkil etish muhandisi
  • Ta’minot zanjirlari tahlilchisi
  • Sifat nazorati bo‘yicha mutaxassis
  • Operatsion menejer
  • Jarayonlar bo‘yicha muhandis
  • Loyiha-konstruktor muhandis


Kirish imtihonlari: Matematika, ingliz tili


Ta’lim tili: Ingliz tili


Ta’lim shakli: Kunduzgi


Ta’lim muddati: 4 yil

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
Ingliz
Kunduzgi - Ingliz tili
49 280 000 so'm / yillik