Soliqlar va soliqqa tortish
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Aprel - 16 Sentabr 2025
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
“Soliqlar va soliqqa tortish” yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim dasturi talabalarni soliq hisobi va soliq konsaltingi sohasida ishlashga tayyorlaydi. Dastur soliqqa tortishning asosiy tamoyil va usullarini, shuningdek, moliyaviy menejment hamda huquqning turli jihatlarini o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
Talabalar quyidagi keng ko‘lamli fanlarni o‘zlashtiradilar:
– Soliq huquqi
– Soliq hisobi
– Xalqaro soliqqa tortish
– Soliq rejalashtirish
– Moliyaviy tahlil
– Buxgalteriya hisobi
– Audit
– Soliq sohasi uchun zarur boshqa fanlar
EMU Universitydagi ta’lim dasturi nazariy mashg‘ulotlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtiradi. Unda stajirovkalar, real kompaniyalar bilan loyiha ishlari, kейс-stadiylar orqali bilimlarni amaliyotda mustahkamlash imkoniyati mavjud. Bu talabalar uchun kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, soliqqa tortish va moliyaviy boshqaruv sohasida ish boshlashga tayyorlanish imkonini yaratadi.
Bakalavriat dasturini tamomlagan talabalar:
– soliqqa tortish bo‘yicha magistraturada o‘qishni davom ettirishlari,
– yoki soliq konsaltingi, soliq rejalashtirish, audit, moliyaviy tahlil yo‘nalishlarida,
– davlat soliq organlari va xususiy kompaniyalarda ish faoliyatini boshlashlari mumkin.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek, Ingliz
- Kunduzgi
- 15 000 000 so'm / yillik
