Sport faoliyati: chim ustida xokkey

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Bakalavr

Qabul mudati: 25 Iyun 2024

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Chim ustida xokkey maydonining o‘lchami 91,4x55 m, klyushkasining og‘irligi 652—794 g., to‘pining og‘irligi 156—163 g., o‘yin vaqti 90 min. (45 min.dan 2 bo‘lim). Musobaqalashayotgan 2 jamoada 11 tadan o‘yinchi qatnashadi. Chim ustida xokkeyga o‘xshash o‘yinlar milloddan 2 ming yil avval ham Misr, Yunoniston, O‘rta Osiyo va boshqa joylarda mavjud bo‘lgan. O‘rta Osiyoda chorvadorlar o‘rtasida avval tosh bilan o‘ynaladigan podachi, keyinroq ot minib o‘ynaladigan chavg‘on ommalashgan. Chavg‘on Boburiylar saltanati davrida Hindistonda keng tarqalgan.

Kunduzgi ta’lim shakli 12 627 170 so’m

Kunduzgi ta’lim davomiyligi – 4 yil .

Sirtqi ta’lim shakli 12 627 170 so’m

Sirtqi ta’lim davomiyligi – 5 yil .

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O'zbek tili, Rus tili
Kunduzgi
12 627 170 so'm / yillik
Sirtqi
12 627 170 so'm / yillik
;