Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) | Mentalaba

Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)

Alfraganus universiteti

Bakalavr

Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Sport faoliyati / Jismoniy tarbiya — bu ijtimoiy-gumanitar va sog‘liqni saqlash sohasiga kiruvchi yo‘nalish bo‘lib, u jismoniy faollik, sport mashg‘ulotlari, insonning sog‘lom turmush tarzi va sport salohiyatini rivojlantirish jarayonlarini o‘rganadi.

Ushbu yo‘nalish sportchilarni tayyorlash, jismoniy tarbiya metodikalari, sport psixologiyasi, fiziologiya, biomexanika, ovqatlanish va sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan. 


Sport faoliyati bakalavrini bitirgan mutaxassislar quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:

  • Sport murabbiyi — jamoa yoki individual sportchilarni tayyorlash
  • Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi — maktab, litsey va kollejlarda dars berish
  • Sport salomatligi bo‘yicha mutaxassis — sportchilar salomatligi va jarohatlarni oldini olish
  • Fitness-trener / Shaxsiy murabbiy — sport zalida yoki xususiy mashg‘ulotlarda ishlash
  • Sport tashkilotchisi / Menejer — musobaqalar, turnirlar va sport tadbirlarini rejalashtirish va boshqarish
  • Sport psixologi — sportchilarning ruhiy tayyorgarligi va motivatsiyasi bilan shug‘ullanish

Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!


Imtihon fanlari: Kasbiy ijodiy imtihon


Ta’lim tili: O‘zbek tili


Ta’lim shakli: Kunduzgi, Kechki

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O‘zbek
Kunduzgi - O'zbek tili
18 000 000 so'm / yillik
Kechki - O'zbek tili
16 000 000 so'm / yillik