Sport faoliyati: figurali uchish
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
Bakalavr
Qabul mudati: 25 Iyun 2024
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Figurali uchish — sport turi. Uning asosida konkida yuguruvchi sportchining muz ustida harakat yoʻnalishini oʻzgartirishi, aylanishlar va sakrashlar bilan bogʻliq maxsus xarakatlari yotadi. Ayollar va erkaklarning yakka holda, juft holda uchishi va sport raqslari boʻyicha musobaqalarni oʻz ichiga oladi. Yakka holda uchish maktab deb nomlangan 3 ta majburiy rasmfigura, 7 majburiy elementdan iborat qisqa erkin dastur (bajarish vaqti 2 min.gacha) va shaxsiy erkin dasturini (ayollar uchun 4 min., erkaklar uchun 5 min) bajarishni tashkil etadi. Juft holda uchish kiska dastur (6 majburiy element — qadamlar kombinatsiyasi, koʻtarish; alohida va birgalikda aylanishlar, sakrashlar; 3 min.gacha davom etadi) va erkin dastur (5 min)dan iborat. Sport raqslari dasturida 3 majburiy, original va erkin raqslar boʻladi. Figurachilarning mahorati 6 balli tizim bilan baholanadi.
Kunduzgi ta’lim shakli – 12 627 170 so’m
Kunduzgi ta’lim davomiyligi – 4 yil.
Sirtqi ta’lim shakli 12 627 170 so’m
Sirtqi ta’lim davomiyligi – 5 yil .
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O'zbek tili, Rus tili
- Kunduzgi
- 12 627 170 so'm / yillik
- Sirtqi
- 12 627 170 so'm / yillik