Sport faoliyati: milliy kurash
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Sport faoliyati: Milliy kurash — bu ijtimoiy-gumanitar va sog‘liqni saqlash sohasiga kiruvchi yo‘nalish bo‘lib, u milliy kurash mashg‘ulotlari, jismoniy tayyorgarlik, texnika va taktika, raqib bilan kurashish strategiyalari, sportchilar salomatligi va ularning sport salohiyatini rivojlantirish jarayonlarini o‘rganadi.
Ushbu yo‘nalish maxsus milliy kurash tayyorgarligi, sport psixologiyasi, fiziologiya, biomexanika, ovqatlanish, jarohatlarni oldini olish va sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Milliy kurash yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olgan mutaxassislar quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:
- Milliy kurash murabbiyi — jamoa yoki individual sportchilarni tayyorlash
- Kurashchi / Sportchi — professional yoki yarim professional sport faoliyati
- Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi — maktab, litsey va kollejda dars berish
- Sport salomatligi bo‘yicha mutaxassis — sportchilar salomatligini nazorat qilish va jarohatlarni oldini olish
- Fitness-trener / Shaxsiy murabbiy — sport zalida yoki individual mashg‘ulotlarda ishlash
- Sport tadbirlarini tashkilotchisi / Menejer — musobaqalar, turnirlar va sport tadbirlarini rejalashtirish va boshqarish
- Sport psixologi — sportchilarning ruhiy tayyorgarligi, motivatsiyasi va natijadorligini oshirish bilan shug‘ullanish
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Imtihon fanlari: Kasbiy ijodiy imtihon
Ta’lim tili: O‘zbek tili
Ta’lim shakli: Kunduzgi, Kechki
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 18 000 000 so'm / yillik
- Kechki - O'zbek tili
- 16 000 000 so'm / yillik
