Sport faoliyati: qo‘l to‘pi

Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti

Bakalavr

Qabul mudati: 25 Iyun 2024

Samarqand viloyati

Yo'nalish haqida

Gandbol (inglizcha: Handball; hand — „qoʻl“, ball — „toʻp“) yoki qoʻl toʻpi  — sport oʻyini. 19-asr oxirida Yevropada paydo boʻlgan. Daniyalik Holger Nielsen ixtiro etgan (1898). Gandbol uchun kattaligi 40x20 m li maydon kerak; ogʻirligi 325-475 g, aylanasi 54-58 sm boʻlgan charm toʻp bilan oʻynaladi. Maydonning ikki tomonida eni 3 m, balandligi 2 m boʻlgan darvozalar oʻrnatiladi. Har bir jamoada 7 yoki 11 oʻyinchi qatnashadi. Oʻyinchi toʻp bilan faqat 3 qadam qoʻyishi va uni qoʻlida 3 soniyagacha tutib turishi mumkin. Oʻyin 2 boʻlimdan iborat boʻlib, erkaklar musobaqasi 1 soat, ayollar musobaqasi 50 daqiqa davom etadi. 

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O'zbek tili
Kunduzgi
6 412 610 so'm / yillik
;