Sport faoliyati: stol tennisi
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
Bakalavr
Qabul mudati: 25 Iyun 2024
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Stol tennisi yoki Ping-pong – kichik koptok va raketkalar bilan stolda oʻynaladigan sport oʻyini. Sharqiy Osiyoda paydo boʻlgan. 20-asrning 20y.laridan koʻp mamlakatlarga tarqalgan. Dastlab „pingpong“ (fransuzcha: pingpong— koptokning raketka va stolga urilishida chiqadigan ovoz) deb atalgan. Stol tennisi uchun, odatda, stol oʻlchami 152,5x274,3 sm; balandligi. 76 sm; to'ri 183x 15,25 sm boʻladi. Yogʻoch raketkaning yuziga rezina plastina qoplanadi. Koptok oq plastikadan yasaladi, diametri 37,2—38,2 mm, ogʻirligi 2,4—2,53 g. Oʻyin maydonchasining oʻlchami 6—7 x 12–14 m. Rasmiy musobaqalar sport zallarida oʻtkaziladi: erkaklar va ayollar – jamoa boʻlib, yakka holda va juftlikda hamda aralash juftlikda musobaqalashadilar. Oʻyin 3 yoki 5 partiyadan oʻynaladi. Oʻyinchilardan biri 11 ochko toʻplasa, u gʻolib hisoblanadi. Agar hisob 10:10 boʻlib qolsa, unda oʻyinchilardan biri 2 ochko ortiq toʻplaguncha oʻyin davom ettiriladi .
Kunduzgi ta’lim shakli 12 627 170 so’m
Kunduzgi ta’lim davomiyligi – 4 yil .
sirtqi ta'lim shakli 12 627 170 so'm
sirtqi ta'lim davomiyligi - 5 yil .
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O'zbek tili, Rus tili
- Kunduzgi
- 12 627 170 so'm / yillik
- Sirtqi
- 12 627 170 so'm / yillik