Sport faoliyati: yengil atletika
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Sport faoliyati: Yengil Atletika — bu ijtimoiy-gumanitar va sog‘liqni saqlash sohasiga kiruvchi yo‘nalish bo‘lib, u yengil atletika mashg‘ulotlari, jismoniy tayyorgarlik, texnika va taktika, individual va jamoaviy natijalarni yaxshilash, sportchilar salomatligi va sport salohiyatini rivojlantirish jarayonlarini o‘rganadi.
Ushbu yo‘nalish maxsus yengil atletika tayyorgarligi, sport psixologiyasi, fiziologiya, biomexanika, ovqatlanish, jarohatlarni oldini olish va sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Yengil Atletika yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olgan mutaxassislar quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:
- Yengil atletika murabbiyi — jamoa yoki individual sportchilarni tayyorlash
- Atlet / Sportchi — professional yoki yarim professional sport faoliyati
- Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi — maktab, litsey va kollejda dars berish
- Sport salomatligi bo‘yicha mutaxassis — sportchilar salomatligini nazorat qilish va jarohatlarni oldini olish
- Fitness-trener / Shaxsiy murabbiy — sport zalida yoki individual mashg‘ulotlarda ishlash
- Sport tadbirlarini tashkilotchisi / Menejer — musobaqalar, turnirlar va sport tadbirlarini rejalashtirish va boshqarish
- Sport psixologi — sportchilarning ruhiy tayyorgarligi, motivatsiyasi va natijadorligini oshirish bilan shug‘ullanish
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Imtihon fanlari: Kasbiy ijodiy imtihon
Ta’lim tili: O‘zbek tili
Ta’lim shakli: Kunduzgi, Kechki
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 18 000 000 so'm / yillik
- Kechki - O'zbek tili
- 16 000 000 so'm / yillik
