Stomatologiya | Mentalaba

Stomatologiya

EMU universiteti

Bakalavr

Qabul mudati: 1 May - 30 Sentabr 2026

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Stomatologiya fakultetining asosiy maqsadli vazifasi diagnostika va davolashning zamonaviy usullarini qo‘llagan holda so‘nggi rusumdagi asbob-uskunalar bilan ishlashga qodir yuqori malakali yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashdir.

Stomatologiya fakultetining o‘quv jarayoni ustozi-shogird tizimiga asoslangan holda olib boriladi. Natijada talabalarni amaliyot shakli shifokorning kasbiy faoliyatiga o‘xshash shaklda modellashtiriladi. O‘qishning birinchi kunidan–oq talabalar amaliy ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich o‘zlashtirishni boshlaydilar, poytaxtimizning eng zamonaviy jihozlangan klinikalarida yetakchi mutaxassislar rahbarligida stomatolog ishi bilan tanishib boradilar, shuningdek, ustozlar kuzatuvi ostida bemorlarni mustaqil qabul qilishni o‘rganadilar.

Stomatolog-mutaxassislarni tayyorlashda asosiy e’tibor stomatologik kafedralarda ixtisoslashgan fanlarni, ya’ni terapevtik va ortopedik stomatologiya, bolalar stomatologiyasi, jarrohlik stomatologiyasi va ortodontiyani chuqur o‘qitishga qaratilgan.

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O‘zbek, Rus
Kunduzgi - O'zbek tili
59 750 000 so'm / yillik
Kunduzgi - Rus tili
59 750 000 so'm / yillik
Kechki - O'zbek tili
38 750 000 so'm / yillik
Kechki - Rus tili
38 750 000 so'm / yillik