Stomatologiya ishi | Mentalaba

Stomatologiya ishi

Registon tibbiyot texnikumi

Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Professional ta’lim muassasalarining Stomatologiya ishi yo’nalishida stomatolog shifokor yordamchisi hamda tish texnigi bo’yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Bu kasblar hozirda eng dolzarb hamda ehtiyoj tobora ortib borayotgan yo’nalishlardan biri hisoblanadi.


Bu yo’nalish talabalariga bemorni tekshirish, birlamchi tashxis qo‘yish va boshlang‘ich stomatologik yordam ko‘rsatish, stomatolog assistenti faoliyatining bir qismi sifatida o‘z vaqtida va sifatli profilaktika va diagnostik-muolaja tadbirlarini o‘tkazish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda zaruriy tibbiy yordamni aniqlash va ko‘rsatish ko’nikmalari o’rgatiladi.


O’qish davomiyligi: 3 yil


Ushbu yo’nalishni tamomlagan bitiruvchilarga barcha davlat va nodavlat tibbiyot muassasalarining stomatologiya bo’limlarida “Stomatolog yordamchisi” hamda “Tish texnigi” bo’lib ishlash huquqi beriladi.

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O‘zbek
Kunduzgi - O'zbek tili
11 000 000 so'm / yillik