Sug‘urta ishi
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Sug’urta ishi - ishlab chiqarish munosabatlarining zaruriy elementidir. U ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonidagi moddiy zararlarni qoplash bilan bog’liqdir. «Sug’urta ishi» yo’nalishining asosiy maqsadi oliy o’quv yurtlari talabalarining O’zbekistonda bozor infratuzilmasi qaror topayotganda sug’urta bozori, uning iqtisodiy mohiyati, ahamiyati, sug’urtaning tasniflash tushunchalari, davlat va sug’urta kompaniyalarining o’zaro munosabatlarini o’rgangan mutaxassislarni tayyorlash. Sug’urta ishi korxona va tashkilotlar mulki, inson hayoti, sog’ligi va javobgarligiga raxna solishi mumkin bulgan xavf-xatar va baxtsiz hodisalardan himoya qilishni o’rgatadi. Sug’urta ishi yo’nalshining fanlarining maqsadi ishlab chiqarish jarayonining muxim sharti hisoblanmish uning uzluksizligi va to’xtovsizligini ta`minlash maqsadida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tabiiy ofatlar, xavf-xatarlar va baxtsiz hodisalardan himoyalanishni va ularni imkon qadar boshqarishni o’rgatishdan iborat.
Sug‘urta ishi yo‘nalishini tugatgandan so‘ng nima ish qilish mumkin?
- Sug‘urta agenti
- Sug‘urta bo‘yicha mutaxassis
- Risklarni baholovchi (risk-meneger)
- Sug‘urta kompaniyasi inspektori
- Mijozlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis
Qayerlarda ishlash mumkin?
- Sug‘urta kompaniyalari
- Banklarning sug‘urta bo‘limlari
- Moliya tashkilotlari
- Katta korporatsiyalarning risklarni boshqarish bo‘limlari
- Brokerlik va konsalting kompaniyalari
Imtihon bloki: Matematika, Ingliz tili
Ta'lim muddati davomiyligi:
Kunduzgi ta'lim uchun - 4 yil
Kechki ta'lim uchun - 4,5 yil
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek, Rus
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 17 000 000 so'm / yillik
- Kunduzgi - Rus tili
- 17 000 000 so'm / yillik
- Kechki - O'zbek tili
- 15 000 000 so'm / yillik
- Kechki - Rus tili
- 15 000 000 so'm / yillik
