Mentalaba - <!-- -->Sun‘iy Intellekt (2+2) Far East University (FEU, Janubiy Koreya) | Mentalaba

Sun‘iy Intellekt (2+2) Far East University (FEU, Janubiy Koreya)

University of Management and Future Technologies

Bakalavr

Qabul mudati: 10 Aprel - 30 Sentabr 2025

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Sun’iy intellektli kompyuter muhandisligi sohasida Janubiy Koreya bilan hamkorlikdagi qo‘shma diplomga ega bo‘lgan xalqaro darajadagi mutaxassisga aylaning

Qo’shma taʼlim dasturi University of Management and Future Technologies (UMFT, Oʻzbekiston) va Far East University (FEU, Janubiy Koreya) oʻrtasida Kompyuter muxandisligi: Sunʼiy intellekt yoʻnalishi boʻyicha kelishuv shartnomasi asosida tashkil etilgan.

Dasturning asosiy maqsadi iqtidorli talabalar uchun qulay imkoniyatlar yaratib ularning malakasi, tili, bilim darajasi, madaniy va ijtimoiy ko'nikmalarini yanada oshirishga qaratilgan.

Qo’shma taʼlim dasturi - talabalar uchun sun'iy intellekt sohasida chinakam FEU nuqtai nazaridan o'qish uchun muhim imkoniyat sifatida taqdim etilmoqda hamda hamkor universitetlarning o'quv dasturlarini takomillashishiga asos bo'lib xizmat qiladi.

Dastur universitet bitiruvchilariga bir vaqtning o'zida UMFT va FEU universitetlarining bakalavriat darajasini olish imkoniyatini beradi. Qo’shma diplom dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga hamkor universitetlar tomonidan quyidagi darajalar beriladi:

  • UMFT: Kompyuter muhandisligi (Sun’iy intellekt) bo'yicha bakalavr darajasi
  • FEU: Kompyuter muhandisligida sun’iy intellekt bo'yicha bakalavr darajasi

Ushbu qoʻshma taʼlim dasturi asosida hamkor universitetlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga Janubiy Koreya Respublikasida tan olinadigan FEU diplomi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan UMFT diplomi taqdim etiladi.

Dasturi shartlari

Sunʼiy intellekt (AI) ga yo'naltirilgan ingliz tilidagi qo'shma bakalavriat dasturi 2+2 modeli asosida tashkil etilgan. Talabalar o'qishning dastlabki ikki yilini UMFTda va keyingi ikki yilni FEUda oʻqiydilar.

Ikki tomonlama diplom talabaga quyidagi talablarni bajargan holda dasturni tugatgandan so'ng beriladi:

• UMFTda 2 yillik (1-4 semestr) oʻqish davomida kamida 120 ECTS kredit balini yig’ish,

• FEUda keyingi 2 yil oʻqish (5-8 semestr) davomida kamida 65 FEU kredit balini to’plash shartnomaning asosiy shartlaridan hisoblanadi;

Qo’shma taʼlim dasturi ham O’zbekistondagi ta’limning akadimik darajasini, ham Janubiy Koreyadagi tegishli universitet akadimik darajasini beradi. Qo’shma ta’lim dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan talabaga ikkita diplom, ikkita baholar transkripti va agar mavjud bo'lsa ikkita diplom ilovasi taqdim etiladi.

Qo’shma taʼlim dasturi talabalari oddiy talabalar singari qo’shimcha kurslarda qatnashishi hamda boshqa bakalavr yo’nalishidagi talabalar bilan bir hil qonun qoidalarga rioya qilishi kerak.

Qabul talablari

Qo’shma taʼlim dasturiga nomzodlar tanlovi UMFT va FEU tomonidan birgalikda aniqlangan va kelishilgan tanlov mezonlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Qoʻshma dasturda oʻqish uchun quyidagi talablar qoʻyiladi:

  1. Maktab, litsey yoki kollejni tamomlaganligi toʻgʻrisidagi diplom yoki hujjat.
  2. Ingliz tilini bilish darajasi ≥ B2 darajasi (kamida 5.5 IELTS)
  3. Agar til sertifikati boʻlmagan taqdirda UMFT kirish imtihonini topshirish kerak

O'qish to'lov pullari

  • Barcha talabalar online ro'yxatdan o'tishlari va tegishli universitetda o'qish uchun to'lovlarni amalga oshirishlari shart.
  • UMFTda ikki yillik o'qish uchun to'lovlar UMFT tomonidan belgilangan to'lov tartibi va qiymati asosida amalga oshiriladi.
  • FEUda ikki yillik o'qish uchun to'lovlar FEU tomonidan belgilangan to'lov tartibi va qiymati asosida amalga oshiriladi.
  • UMFTga to'lanishi kerak bo'lgan barcha summalar UMFT tomonidan tavsiya etilgan bank hisob raqamiga milliy valyutada (so'mda) qabul qilinadi.
  • FEUga to'lanadigan barcha summalar FEU tomonidan tavsiya etilgan bank hisob raqamiga AQSh dollarida to'lanishi kerak.

 

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
Ingliz
Qo'shma ta'lim
32 000 000 so'm / yillik
;