Sun‘iy intellekt (Magistratura)
Magistr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Magistratura: Sun’iy intellekt (Artificial Intelligence) — bu axborot texnologiyalari va muhandislik sohasiga kiruvchi ilmiy yo‘nalish bo‘lib, u kompyuter tizimlari va dasturlar orqali inson aqliy faoliyatini taqlid qilish, o‘rganish va murakkab muammolarni mustaqil hal qilish jarayonlarini chuqur o‘rganadi.
Ushbu yo‘nalishda magistratura talabalariga mashina o‘rganishi (Machine Learning), chuqur o‘rganish (Deep Learning), tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing), kompyuter ko‘rishi (Computer Vision), robototexnika, ekspert tizimlar, qaror qabul qilish algoritmlari, AI xavfsizligi va etikasi bo‘yicha chuqur bilimlar beriladi. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va sun’iy intellekt tizimlarini loyihalash ko‘nikmalari rivojlantiriladi.
Magistratura darajasini olgan mutaxassislar quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:
- AI Developer / AI Dasturchi — turli sun’iy intellekt va mashina o‘rganish tizimlarini yaratish
- Machine Learning Engineer / Mashina o‘rganish muhandisi — algoritmlar va ML tizimlarini ishlab chiqish
- Data Scientist / Ma’lumotlar tahlilchisi — katta ma’lumotlarni tahlil qilish va model yaratish
- Computer Vision Engineer / Kompyuter ko‘rishi muhandisi — tasvir va video tahlil qiluvchi tizimlarni ishlab chiqish
- NLP Engineer / Tabiiy tilni qayta ishlash muhandisi — til texnologiyalari va NLP tizimlarini ishlab chiqish
- AI Researcher / Sun’iy intellekt tadqiqotchisi — ilmiy-tadqiqot faoliyati va yangi algoritmlar yaratish
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Ta’lim muddati: 2 yil
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 25 000 000 so'm / yillik
