Tadbirkorlik va Marketing
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Tadbirkorlik va Marketing yo‘nalishida talabalar biznesni yaratish va boshqarish, marketing strategiyalari va raqamli marketing vositalarini o‘rganadilar. Ular bozor va mijozlarni tahlil qilish, marketing strategiyasi va kampaniyalarni ishlab chiqish, raqamli marketing (SMM, SEO, target reklama), brend yaratish va rivojlantirish, startap va innovatsion bizneslarni boshqarish, shuningdek, biznes jarayonlarni rejalashtirish va optimallashtirish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Talabalar amaliy loyihalar orqali marketing va tadbirkorlikni real biznesda qo‘llashni o‘rganadilar.
Qayerlarda ishlash mumkin?
- Katta va o‘rta biznes kompaniyalari – marketing va biznes bo‘limlari
- Raqamli marketing agentliklari
- Startaplar va innovatsion loyihalar
- Konsalting va reklama agentliklari
- Davlat va nodavlat tashkilotlar – iqtisodiy va biznes rivojlanish bo‘limlari
- Shaxsiy biznes ochish
Imtihon bloki: Matematika, Ingliz tili
Ta’lim muddati: 4 yil
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- Ingliz
- Kunduzgi - Ingliz tili
- 38 348 000 so'm / yillik
