Tadbirkorlik va Raqamli Innovatsiyalar
Bakalavr
Qabul mudati: 19 May - 30 Sentabr 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Tadbirkorlik va Raqamli Innovatsiyalar yo‘nalishida talabalar zamonaviy biznesni texnologiyalar yordamida yaratish va rivojlantirishni o‘rganadilar. Ular raqamli biznes modellarini ishlab chiqish, startap ochish va uni boshqarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Shuningdek, marketingning raqamli turlari — SMM, SEO, target reklama bilan ishlash, elektron tijorat tizimlarini tushunish hamda ma’lumotlar tahlili asoslarini o‘rganadilar.
Talabalar innovatsion g‘oyalar yaratish, mobil ilova yoki veb-loyihalar konsepsiyasini ishlab chiqish, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va investitsiya jalb qilish bo‘yicha bilimga ega bo‘ladilar. Ushbu yo‘nalish amaliy loyihalar orqali texnologiyalarni real biznesda qo‘llashni chuqur o‘rgatadi.
Qayerlarda ishlash mumkin?
-Startaplar va texnologik kompaniyalar
-Elektron tijorat (E-commerce) platformalari
-Raqamli marketing va konsalting agentliklari
-IT va innovatsiya bo‘limlari (korporatsiyalar)
-Investitsiya va akselerator markazlari
-Davlat innovatsiya va raqamli rivojlanish bo‘limlari
-Shaxsiy biznes ochish va raqamli xizmatlar yaratish
Imtihon bloki: Matematika, Chet tili
Ta'lim muddati davomiyligi: 4 yil
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- Ingliz
- Kunduzgi - Ingliz tili
- 41 500 000 so'm / yillik
