Tadbirkorlik va Xalqaro Biznes | Mentalaba

Tadbirkorlik va Xalqaro Biznes

TEAM University

Bakalavr

Qabul mudati: 19 May - 30 Sentabr 2026

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

BA (Hons) Tadbirkorlik va Xalqaro Biznes Ushbu yo‘nalishda talabalar biznesni yaratish va boshqarish, xalqaro bozorlarda ishlash, global savdo qoidalari va strategiyalarini o‘rganadilar. Shuningdek, marketing, moliya, iqtisodiy tahlil, eksport-import jarayonlari, xalqaro muzokaralar olib borish va startaplarni rivojlantirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallaydilar.

Talabalar global kompaniyalar bilan ishlash, xalqaro bozorlarni tahlil qilish, biznes reja tuzish va investitsiya jalb qilishni amaliy ravishda o‘rganadilar.


Qayerlarda ishlash mumkin?

  • Xalqaro kompaniyalar va korporatsiyalar
  • Eksport-import firmalari
  • Logistika va tashqi savdo kompaniyalari
  • Banklar va moliya tashkilotlari – xalqaro operatsiyalar bo‘limlari
  • Startaplar va biznes inkubatorlar
  • Konsalting va marketing agentliklari
  • Davlatning tashqi savdo va iqtisodiy rivojlanish bo‘limlari
  • Xususiy biznesni yo‘lga qo‘yish (tadbirkor)


Imtihon bloki: Matematika, Ingliz tili


Ta'lim muddati davomiyligi: 4 yil

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
Ingliz
Kunduzgi - Ingliz tili
41 500 000 so'm / yillik