Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta‘lim)
Magistr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Avgust 2026
Toshkent viloyati
Yo'nalish haqida
Magistratura: Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) — bu ijtimoiy-gumanitar sohalarga kiruvchi ilmiy yo‘nalish bo‘lib, u boshlang‘ich ta’lim jarayonida ta’lim va tarbiyaning nazariy asoslari, metod va texnologiyalarini chuqur o‘rganishga qaratilgan. Ushbu yo‘nalishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, boshlang‘ich ta’lim metodikasi, o‘quv jarayonini loyihalash, ta’limda innovatsion texnologiyalar, pedagogik diagnostika va baholash masalalari o‘rganiladi.
Mazkur yo‘nalish talabalarga boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, o‘quv-metodik materiallar ishlab chiqish hamda ilmiy-pedagogik tadqiqotlar olib borish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni beradi.
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) yo‘nalishi bo‘yicha magistratura darajasini olgan mutaxassislar quyidagi kasblarda faoliyat yuritishi mumkin:
- Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi — umumta’lim maktablarida
- Pedagog-metodist — ta’lim muassasalari va metodik markazlarda
- Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha metodist — o‘quv-uslubiy ta’minot bilan shug‘ullanish
- Ilmiy tadqiqotchi — pedagogika va boshlang‘ich ta’lim sohasida
- Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha mutaxassis — ta’lim muassasalarida
- Ta’lim menejeri — maktablar va ta’lim tashkilotlarida
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Ta’lim muddati: 2 yil
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 22 000 000 so'm / yillik
