Mentalaba - <!-- -->Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi: boshlang‘ich ta‘lim (Magistratura) | Mentalaba

Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi: boshlang‘ich ta‘lim (Magistratura)

Osiyo Xalqaro Universiteti

Magistr

Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026

Buxoro viloyati

Yo'nalish haqida

Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) haqida suhbatlashamiz.


Taʼlim – bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi.

Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.


O'qish davomiyligi :

Kunduzgi shakli uchun : 2 yil

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O‘zbek, Rus
Kunduzgi - O'zbek tili
22 000 000 so'm / yillik
Kunduzgi - Rus tili
22 000 000 so'm / yillik
;