Tarjima nazariyasi va amaliyot: ingliz tili
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2025
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi talabalarga tarjima nazariyasining asosiy tamoyillarini va tarjima amaliyotini chuqur o’rganish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu dastur orqali talabalar ingliz tilini mukammal o’zlashtiradilar va matnlarni to’g’ri va aniqlik bilan tarjima qilish ko’nikmalarini rivojlantiradilar.
Dastur davomida talabalar turli matn turlari, jumladan, ilmiy, texnik, adabiy va huquqiy matnlarni tarjima qilish usullarini o’rganadilar. Shuningdek, ular tarjima jarayonida duch keladigan lingvistik va madaniy muammolarni hal qilishda zaruriy bilim va ko’nikmalarni rivojlantiradilar.
Tarjima nazariyasi va amaliyoti (Ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi talabalarga xalqaro maydonda tarjimon sifatida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish, shuningdek, til va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish imkonini beradi. Ushbu yo‘nalishda olingan ta’lim talabalarning kelajakda tarjima sohasida yetakchi mutaxassis bo‘lishlariga yordam beradi.
Kasbiy faoliyatlarning obyektlari
- davlat boshqaruvi organlari, turli davlat, nodavlat va xorijiy tashkilo;
- korxona va muassasalar, kompaniyalar (firmalar), vakolatxona, agentliklar;
- tarjimonlik byurolari, muzeylar, ommaviy axborot vositalari, nashriyotla;
- tahririyatlar va turizm obyektlarida tarjimon (asosiy va ikkinchi til bo'yicha).
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi
- 17 000 000 so'm / yillik
- Kechki
- 14 900 000 so'm / yillik
