Mentalaba - <!-- -->Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha) | Mentalaba

Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha)

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Magistr

Qabul mudati: 5 Iyun - 25 Iyun 2026

Samarqand viloyati

Yo'nalish haqida

Turizm – biznesning jadallik bilan rivojlanib borayotgan sohalaridan biri. Ba’zi mamlakatlar milliy daromadining katta qismini turizm hisobidan qo‘lga kiritadi. Ular o‘z tabiatlarini, tarixiy yodgorliklarini asrashadi, mehmon kutish industriyasini – mehmonxonalar, aeroport va vokzallar, dam olish bazalari, plyajlarini yaratishadi va rivojlantirishadi, shuningdek, boshqa mamlakatlardan tashrif buyurgan mehmonlarni yaxshi kutib olish an’ana va mahoratlariga ham tayanishadi. Turizm yo'nalishi mintaqadagi turizmni rejalashtirish, turizmdagi tajribalarini amaliyotda qo’llash texnologiyalarini rivovlantirish va xizmatlarni ko'rsatish, resurslarni samarali boshqarish, turistlarning ehtiyojlari va xatti-harakatlariga javob berish qobiliyatini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Bunda:turistik tajribalarni rivojlantirish ustida ishlash; aqlli platformalardan foydalanish va taqdim etish; turistik hudud doirasida axborot to'plash va tarqatish, turistik resurslarni samarali taqsimlanishiga ko'maklashish; turistik imtiyozlarni mahalliy hamjamiyat bo'ylab samarali taqsimlash uchun turistik sanoat yetkazib beruvchilarini mikro va makro darajada birlashtirishga ko'maklashish qobiliyatlar rivojlanadi.

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O‘zbek
Kunduzgi - O'zbek tili
9 700 000 so'm / yillik
;