Turizm (faoliyat yoʻnalishlari bo‘yicha)
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha) — bu sayohat va dam olish jarayonlarini tashkil etish, turistlarga xizmat ko‘rsatish hamda turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim yo‘nalishidir. Ushbu yo‘nalish talabalarda turizmni rejalashtirish, boshqarish, xizmatlar ko‘rsatish va madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini shakllantiradi hamda ularning kelajakdagi kasbiy faoliyati uchun mustahkam poydevor yaratadi.
Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha) bakalavrini bitirgan mutaxassislar quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:
- Turizm menejeri — sayohat va turistik xizmatlarni rejalashtirish va tashkil etish
- Turagent — turistlarga yo‘nalishlar va xizmatlar bo‘yicha maslahat berish
- Gid (ekskursovod) — turistlarga tarixiy va madaniy ob’ektlar haqida ma’lumot berish
- Mehmonxona administratori — mehmonxona xizmatlarini boshqarish va nazorat qilish
- Turoperator mutaxassisi — turpaketlarni ishlab chiqish va sotish
- Sayohat maslahatchisi (travel consultant) — mijozlar uchun qulay sayohat rejalarini tuzish
- Turizm sohasida marketing mutaxassisi — turistik mahsulot va xizmatlarni targ‘ib qilish
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Imtihon fanlari: Tarix, Chet tili
Ta’lim tili: O‘zbek tili , Rus tili
Ta’lim shakli: Kunduzgi
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek, Rus
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 18 000 000 so'm / yillik
- Kunduzgi - Rus tili
- 18 000 000 so'm / yillik
