Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)
Bakalavr
Qabul mudati: 30 Avgust 2024
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Turizm (faoliyat yo'nalishlari bo'yicha)
Turizm – biznesning jadallik bilan rivojlanib borayotgan sohalaridan biri. Ba’zi mamlakatlar milliy daromadining katta qismini turizm hisobidan qo‘lga kiritadi. Ular o‘z tabiatlarini, tarixiy yodgorliklarini asrashadi, mehmon kutish industriyasini – mehmonxonalar, aeroport va vokzallar, dam olish bazalari, plyajlarini yaratishadi va rivojlantirishadi, shuningdek, boshqa mamlakatlardan tashrif buyurgan mehmonlarni yaxshi kutib olish an’ana va mahoratlariga ham tayanishadi. Turizm yo'nalishi mintaqadagi turizmni rejalashtirish, turizmdagi tajribalarini amaliyotda qo’llash texnologiyalarini rivovlantirish va xizmatlarni ko'rsatish, resurslarni samarali boshqarish, turistlarning ehtiyojlari va xatti-harakatlariga javob berish qobiliyatini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Bunda:turistik tajribalarni rivojlantirish ustida ishlash; aqlli platformalardan foydalanish va taqdim etish; turistik hudud doirasida axborot to'plash va tarqatish, turistik resurslarni samarali taqsimlanishiga ko'maklashish; turistik imtiyozlarni mahalliy hamjamiyat bo'ylab samarali taqsimlash uchun turistik sanoat yetkazib beruvchilarini mikro va makro darajada birlashtirishga ko'maklashish qobiliyatlar rivojlanadi.
Imtixon bloki: Matematika, Ona tili, Tarix
Ta'lim tili: O'zbek tili, Rus tili.
Kunduzgi ta’lim shakli: 17 mln so‘m.
Kunduzgi ta’lim shakli davomiyligi: 4 yil.
Sirtqi ta'lim shakli: 13 mln so'm
Sirtqi ta'lim shakli davomiyligi: 5 yil
Kechki ta'lim shakli: 15 mln so'm
Kechki ta'lim shakli davomiyligi: 4 yil.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O'zbek tili, Rus tili
- Kunduzgi
- 17 000 000 so'm / yillik
- Sirtqi
- 13 000 000 so'm / yillik
- Kechki
- 15 000 000 so'm / yillik