Turizm (Magistratura)
Magistr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Magistratura: Turizm — bu ijtimoiy-gumanitar va xizmat ko‘rsatish sohalariga kiruvchi ilmiy yo‘nalish bo‘lib, u turizm nazariyasi va amaliyotini, turizm marketingi, sayyohlik xizmatlarini boshqarish, mehmonxona va gastronomiya menejmenti, madaniy va tabiiy resurslarni boshqarish, shuningdek xalqaro turizm jarayonlarini chuqur o‘rganishga qaratilgan. Ushbu yo‘nalish talabalarni turizmni tashkil etish, sayyohlarni qabul qilish, turizm loyihalarini boshqarish va tadqiqotlar olib borish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlaydi.
Turizm yo‘nalishi bo‘yicha magistratura darajasini olgan mutaxassislar quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:
- Turizm menejeri — sayyohlik korxonalari va agentliklar faoliyatini boshqarish
- Sayyohlik bo‘yicha konsultant — turizm xizmatlarini tashkil etish va mijozlarga maslahat berish
- Mehmonxona va restoran menejeri — mehmonxona va gastronomiya sohasida boshqaruv
- Turizm tadqiqotchisi — ilmiy tadqiqotlar va turizm loyihalarini ishlab chiqish
- Madaniyat va ekologik turizm bo‘yicha mutaxassis — madaniy va tabiiy resurslarni boshqarish
- Marketing va reklama bo‘yicha mutaxassis — turizm marketingi va brendni rivojlantirish
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Ta’lim muddati: 2 yil
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 20 000 000 so'm / yillik
