Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari
Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali
Bakalavr
Qabul mudati: 25 Iyun 2024
Samarqand viloyati
Yo'nalish haqida
Veterinariya laboratoriyasi — veterinariya xizmati tizimida hayvonlardagi kasalliklarni aniqlaydigan laboratoriya. Hayvonlarning kasalliklari va oʻlish sabablarini aniqlash maqsadida turli xil ilmiy tadqiqot va kuzatish ishlari olib boradi. Veterinariya laboratoriyasida bakteriologik, serologik va gemotologik tahlillar bajariladi, patologik material tekshiriladi, sut, goʻsht va b. chorvachilik mahsulotlari sanitariya jihatdan tahlil qilinadi, kimyoviy va toksikologik tahlillar oʻtkaziladi. Veterinariya laboratoriyasi kasalliklarning oldini olish va ularni davolash uchun antibiotiklar va b. preparatlar tayyorlaydi, veterinariya sohasidagi fan yutuqlari va ilgʻor tajribalarni targʻib qiladi. Veterinariya laboratoriyasi tekshirish va b. ishlarni oʻzi xizmat qilayotgan hududdagi fermer, shirkat, aksionerlik, jamoa xoʻjaliklar va davlat veterinariya muassasalarining buyurtmalariga muvofiq bajaradi.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O'zbek tili
- Kunduzgi
- 12 627 170 so'm / yillik
- Sirtqi
- 12 627 170 so'm / yillik