Xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili

Fan va texnologiyalar universiteti

Bakalavr

Qabul mudati: 1 Oktabr 2024

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili - “Xorijiy til va adabiyoti” yo‘nalishi talabalarga xorijiy til, adabiy asarlar va madaniy jihatlar haqida chuqur tushuncha beradi. O‘quv jarayonida talabalar tarjima, adabiy tahlil va madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini egallaydi, bu esa ularning madaniy boyligi va lingvistik tajribasini shakllantiradi. “Xorijiy til va adabiyoti” yoʻnalishida taʼlim olgan bitiruvchilar chet tili oʻqituvchisi, tarjimon, adabiyotshunos, muharrir va hatto diplomat boʻlishlari mumkin. Shuningdek, ular xalqaro kompaniyalarda, turizm sohasida, jurnalistikada va xalqaro aloqalarda kasb egallashlari mumkin, bu sohalarda ularning xorijiy til va madaniyatni bilishi muhim bo'ladi. Chet tilini bilish global fikrlashni rivojlantirishga va turli nuqtai nazarlarni tushunishga yordam beradi. Bu, ayniqsa, hozirgi globallashuv davrida juda muhimdir. Shu bilan birga, ko'pgina xorijiy kompaniyalar bir nechta tillarda muloqot qila oladigan xodimlarni qadrlashadi.

 

Qabul kvotasi 2024 - 2025 yil uchun 

O'zbek tili ta'lim shakli uchun :

Kunduzgi: 200

Kechki: 100


Rus tili ta'lim shakli uchun :

Kunduzgi: 100

Kechki: 50




Universitetga qabul qilinish talabalari: Kirish imtihonlari uchun berilgan fanlardan imtohonda qatnashib o'tish ballarini to'plash talab etiladi. 

Ingliz tili– 3,1 ball (25 ta savol)

Ona tili va adabiyot– 2,1 ball (25 ta savol)

Mantiqiy savol – 1,1 ball (10 ta savol)


O'qish davomiyligi :  

Kunduzgi shakli uchun: 4 yil

Kechki shakli uchun : 4,5 yil


Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O'zbek tili, Rus tili
Kunduzgi
16 800 000 so'm / yillik
Kechki
12 600 000 so'm / yillik
;