Yashil texnologiyalar
Samarqand xalqaro texnologiya universiteti
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026
Samarqand viloyati
Yo'nalish haqida
Yashil texnologiya Ushbu yo‘nalishda talabalar ekologik toza energiya manbalari, qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalari, energiya samaradorligi va barqaror rivojlanish prinsiplari bilan tanishadilar. Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni qayta ishlash, suv va havoni tozalash texnologiyalari, ekologik monitoring va yashil innovatsiyalar bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ladilar. Talabalar loyihalarni boshqarish, muammolarni hal qilish, texnologik tizimlarni optimallashtirish va ekologik xavfsiz yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallaydilar.
Qayerlarda ishlash mumkin?
-Qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqaruvchi kompaniyalar (solar, shamol, geotermal)
-Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limlari
-Sanoat va korporativ ekologik nazorat xizmatlari
-Suv va havoni tozalash, chiqindilarni qayta ishlash tashkilotlari
-Yashil texnologiyalarni loyihalash va tadqiqot markazlari
-Davlat va nodavlat ekologik agentliklar
-Startaplar va innovatsion “yashil” texnologik kompaniyalar
Imtihon bloki: Matematika, Fizika
Ta'lim muddati davomiyligi: 4 yil
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- Ingliz
- Kunduzgi - Ingliz tili
- 45 773 560 so'm / yillik
