Yog‘lar, efir moylari va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Bakalavr
Qabul mudati: 25 Iyun 2024
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Yogʻ, moy — organik moddalar; glitserin bilan bir asosli yogʻ kislotalar (triglitseridlar)ning toʻliq murakkab efirlari; lipidlar sinfiga mansub. Uglevodlar va oqsillar bilan bir qatorda Yo. — hayvon, oʻsimlik va mikroorganizmlar xujayrasining asosiy tarkibiy qismlaridan biri.
Efir moylari oʻsimliklardan quyidagi yoʻllar bilan olinadi: suv bugʻi yordamida haydash; past tralarda qaynaydigan erituvchilar yoki hidsiz toza yogʻ (mol yogʻi) bilan ekstratsiya qilish (buni anfleraj usulida olish deb ham ataladi); presslash orqali.
Parfyumeriya-kosmetika sanoati — atir sovun, efir moyi, sintetik xushboʻy moddalar ishlab chiqaradigan sanoat tarmogʻi .
Sharq mamlakatlarida atir, mushk, surma, mushk-anbar, upa-elik kabi mahsulotlarni tayyorlash qadimdan yoʻlga qoʻyilgan. Ulardan xotin-qizlar, erkaklar pardoz-andoz va gigiyena vositasi tarzida keng foydalanganlar. Attorlar bu mahsulotlar bilan butun Sharq mamlakatlari boʻylab savdosotiq ishlarini olib borishgan.
Kunduzgi ta’lim shakli 12 627 170 so’m
Kunduzgi ta’lim davomiyligi – 4 yil .
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O'zbek tili
- Kunduzgi
- 12 627 170 so'm / yillik