Yurisprudensiya: prokurorlik faoliyati

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

Bakalavr

Qabul mudati: 25 Iyun 2024

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Kafedra O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi PF-5438-sonli Farmoni bilan tashkil etilgan.

Kafedrada jami 5 nafar professor-o'qituvchi faoliyat ko'rsatadi. Ularning ikki nafari yuridik fanlar doktori va dotsent ilmiy daraja hamda unvonlariga ega.

Kafedra boshlig'i v.b., adliya maslahatchisi Do'stqoriev Muzaffar Boybo'taevich 2018 yil 15 dekabrdan faoliyat ko'rsatadi.

Kafedraning asosiy faoliyat yo'nalishlari:

Prokuratura organlarida kadrlar bilan ishlash;

Prokuratura organlarida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash;

Prokuratura organlarida ish yuritish (elektron ish yuritish);

Prokuratura organlarida boshqaruv va ishlarni tashkillashtirish (shu jumladan, prokuratura organlarida tashkiliy-nazorat va tahlilot ishini tashkil etish);

Prokuratura organlarining moliya-xo'jalik faoliyatini tashkil etish;

Prokuratura organlarida zamonaviy boshqaruv;

Prokuratura organlarining huquq ijodkorligi faoliyati;

Prokuratura organlarining jamoatchilik bilan aloqalar ishini tashkil etish;

Prokuratura organlari xodimlarining axborot-tahliliy ko'nikmalarini shakllantirish;

Prokuratura organlari xodimlarining ichki xavfsizligini ta'minlash;

Prokuratura organlarida maxfiy hujjatlar bilan ishlash;

Tizimli tahlil va qaror qabul qilish;

Prokuratura organlari xodimlarining kasb etikasi;

Prokuratura organlari xodimlari yozma nutqi.


Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O'zbek tili, Rus tili
Kunduzgi
12 444 445 so'm / yillik
Sirtqi
11 208 945 so'm / yillik
;