Zooinjeneriya: baliqchilik

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

Bakalavr

Qabul mudati: 25 Iyun 2024

Andijon viloyati

Yo'nalish haqida

Baliqchilik — xalq xoʻjaligining suv havzalarida baliq zaxirasini koʻpaytirish va sifatini yaxshilash bilan shugʻullanuvchi sohasi; baliq oʻstirish tadbirlari (baliqni sunʼiy usulda koʻpaytirish va uni yangi sharoitga oʻrgatish, yangi zot baliqlar yetishtirish, suv havzalarining meliorativ holatini yaxshilash)ning biologik asoslarini va asosiy baliq oʻstirish jarayonlari (voyaga yetgan baliqlarni ovlash, baliq tuxumini ochirish, baliq boqish va boshqalar)ning biotexnikasini ishlab chiquvchi fan. Baliqchiliktabiiy suv havzalari baliqchiligiga va sunʼiy hovuz baliqchiligiga boʻlinadi. Baliqchilikda suv havzalarining meliorativ holati yaxshilanadi, baliq sunʼiy urchitiladi, baliqpar tuxum qoʻyadigan va yosh baliqchalar oʻsadigan joylarda tegishli sharoit yaratiladi; baliqlarning tuxum qoʻyadigan joylari tozalanadi, daryo toʻgʻonlariga baliq yoʻli yasaladi, sunʼiy tuxum qoʻyish joylari tayyorlanadi.

Kunduzgi ta’lim shakli  12 627 170 so’m

Kunduzgi ta’lim davomiyligi – 4 yil .

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O'zbek tili
Kunduzgi
12 627 170 so'm / yillik
Sirtqi
12 627 170 so'm / yillik
;