Zooinjeneriya: yilqichilik va tuyachilik

Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

Bakalavr

Qabul mudati: 25 Iyun 2024

Samarqand viloyati

Yo'nalish haqida

Yilqichilik — chorvachilik tarmogʻi. Otlarni urchitish, koʻpaytirish, zotini takomillashtirish, naslchilik ishlari bilan shugʻullanadi. Yilqichilik ishchi hayvon tariqasida arzon, samarali energiya manbai. Yilqichilik xilma-xil qishloq xoʻjaligi ishlarida, sanoat korxonalarida, geologlarning razvedkachilik-qidiruv ishlarida, turli xil ilmiy ekspeditsiya tarkibida, chegara qoʻshinlari va qoʻriqchilik xizmatida noyob ot-ulov vazifasini oʻtaydi.


Tuyachilik — chorvachshshkning tuyalarni koʻpaytirish va ulardan foydalanish bilan shugʻullanuvchi tarmogʻi; tuyalar biologiyasi, seleksiyasi, zootexnikasi, xoʻjalik ahamiyatini oʻrganadigan fan. T. xoʻjaliklari choʻl, chala choʻl va quruq dasht mintaqalarida joylashgan. Issiq iklimga moslashgan dromedar (bir oʻrkachli) tuyalar Oʻzbekistonning jan. mintaqalari, Turkmaniston, Tojikiston, Afgʻoniston, Hindiston, Eron, Turkiya va Afrika mamlakatlarida, sovuqqa chidamli baktrian (ikki oʻrkachli) tuyalar Oʻzbekistonning shim. qismida, Qozogʻiston va Qirgʻiziston, Rossiyaning Astraxon viloyati, Qalmiq choʻllarida, Tuva, Oltoy oʻlkasida, Mongoliya, Xitoyning gʻarbiy mintaqalarida yetishtiriladi va ulardan foydalaniladi.


Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O'zbek tili
Kunduzgi
12 627 170 so'm / yillik
;