1. Main/
  2. News

Maktablarda HUQUQ sinflari tashkil qilinadi

03.09.2024
Article image

2024/2025-o'quv yilidan bosqichma-bosqich umumiy o'rta ta'lim muassasalarida “Davlat va huquq asoslari” fani chuqurlashtirib o'qitiladigan variativ o'quv rejalari asosida zamonaviy ko'rgazmali o'qitish vositalari bilan ta'minlangan “Huquq sinflari” tashkil etiladi. ("O'zbRVM 532-son, 27.08.2024 y.)


📚 Huquq fanidan dars beradigan oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lmagan pedagog xodimlarni bepul asosda 2026-yil yakunigacha bosqichma-bosqich yuridik mutaxassislik bo'yicha qayta tayyorlanadi.


✅ Huquq fanidan dars beradigan pedagog xodimlarning malakasini oshirib borish maqsadida 2024-yil 1-noyabrgacha uzluksiz kasbiy rivojlantirish platformasi yaratiladi.


✅ 2024/2025-o'quv yilidan umumta'lim muassasalarida “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars beradigan pedagog xodimlar uchun “Eng yaxshi huquq o'qituvchisi” respublika ko'rik tanlovi o'tkaziladi.


✅ “Huquq sinfi”ga o'quvchilar “Davlat va huquq asoslari” faniga qiziquvchi 8-sinf o'quvchilari orasidan saralab olinadi.


✅ 2024/2025-o'quv yilidan boshlab “maktab-lisey-texnikum-universitet” uzluksiz ta'lim tizimi asosida akademik liseylarni muvaffaqiyatli tugatgan o'quvchilar test sinovlarisiz to'g'ridan-to'g'ri yuridik texnikumlarga qabul qilinadi.

openEye

104

Topics

Mavzuga oid yangiliklar