Nobel mukofoti 1901-yildan beri fizika, kimyo, fiziologiya yoki tibbiyot, adabiyot, tinchlikni targ‘ib qiluvchi faoliyat sohalaridagi yutuqlari uchun beriladi. Birinchi Nobel mukofotlarini topshirish marosimi 1901-yil 10-dekabrda Stokgolm va Kristianiyada bo‘lib o‘tgan. Birinchi laureatlar quyidagilar edi:
rentgen nurlarini kashf etgan nemis fizigi Vilgelm Konrad Rentgen;
kimyoviy kinetika va osmotik bosim sohasidagi qonunlarni kashf etgan golland kimyogari Yakob Xendrik Vant-Goff;
qon zardobining shifobaxsh xususiyatlarini va uning difteriyaga qarshi kurashda qo‘llanishini kashf etgan nemis shifokori Emil Adolf fon Bering;
yuksak idealizm, badiiy mukammallik va ruhiy, noyob kombinatsiyani aks ettiruvchi she’riy asarlari uchun fransuz shoiri Sulli-Pryudom;
Xalqaro Qizil Xoch qo’mitasi asoschisi shveytsariyalik tadbirkor Jan Anri Dyunan;
fransuz iqtisodchisi va xalqaro vositachi Frederik Passiga berilgan.
1968-yilda Shvetsiya Davlat banki o‘zining 300 yilligi munosabati bilan iqtisod fanlari bo‘yicha Alfred Nobel mukofotini ta’sis etdi. Ushbu mukofotning birinchi laureatlari norvegiyalik Ragnar Frish va gollandiyalik Yan Tinbergen (iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishning dinamik usullarini ishlab chiqish va qo'llash uchun) bo‘ldi.
178